Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A

Terminallar

Deck-3500-003.jpg

Ingenico Desk 3500

  •           Yangi avlod terminallarida toʼlovlar ilovalarni boshqarish
  •           NFC toʼlovlar: qulay isteʼmol tajribasi
  •           Xavfsizlikning eng qatʼiy talablariga mos ekanligi
  •           Qulay karta riderlari va ilovalar menyusi tufayli toʼlov jarayonining qulayligi

Desk 3500 uzluksiz toʼlovning noyob tajribasini taklif etadi. Terminal TELIUM ilovalarini boshqaradi
va kelajak xavfsizligi standartlariga javob beradi. Terminal NFC, EMV Chip&PIN, magnit va kontaktsiz
bank kartalari yordamida toʼlovlarni amalga oshirish imkoniyatini beradi. Terminal Desk 3500 Ethernet
va modem orqali aloqa kanallari, shuningdek simsiz aloqa kanallari: GPRS, Dual SIM - bilan jixozlangan
boʼlib, ular aloqa uchun sarf-xarajatlarni maqbullashtirish imkoniyatini beradi. Desk 3500 terminallari
kartalarni oʼqish zonalari qulay joylashgani tufayli kontaktsiz toʼlovlar jarayonini jadallashtiradi va bu
oʼz-oʼzidan tranzaktsiyalarning umumiy oqimi tezligi koʼpayishiga sabab buladi.


move 2500.jpg
Ingenico Move 2500 / 3500

  •           Elektr yoʼkligida va tarmoq nosozliklari roʼy berganda toʼlovlar qilish imkoni mavjudligi
  •           NFC yordamida toʼlovlar
  •           Ishonchli, samarali, arzon va xavfsiz

Move (2500/3500) turkumi – maqbul toʼlov tajribasi. Bu ixcham simsiz terminallar xar qanday biznesda
ideal yordamchidir, ixchamligi va avtonom ishlash imkoni borligi uchun ulardan doʼkonda xam, koʼchma
savdo sharoitlarida xam foydalanish mumkin. Move (2500/3500) turkumi toʼlov xavfsizligining eng qatʼiy
standartlariga javob beradi, xavfsizlikning eng soʼnggi PCI PTS 5.x talablari boʼyicha muvofiqlik sertifikatiga ega.
Bu terminallar NFC, EMV Chip&PIN, magnit va kontaktsiz bank kartalari yordamida toʼlovlarni amalga
oshirish imkoniyatini beradi. Dasturiy taʼminotning muntazam yangilanib turishi va kundalik qoʼllab-quvvatlash
bu terminallarning muammosiz ishlashini taminlaydi. Move 3500 katta 3,2” ekraniga ega va 3G xamda
GRPS tarmoqlari bilan bir qatorda 4G ga xam ulanish, shuningdek zarurat boʼlganda WI-FI ga ulanish imkoniyati xam mavjud.




Soft POS yechimlar


Ariasoft.jpg

ARIASOFT.T2P

  •           Toʼlovlarni Android smartfonida qabul qilish
  •           NFC yordamida toʼlovlar
  •           “Engillashtirilgan dasturiy taʼminot” texnologiyasi

Android smartfonida toʼlov qilish uchun qarorlarni tez faollashtirish. “HUMO” milliy toʼlov tizimi va boshqa xalqaro
toʼlov tizimlarining kartalari NFC orqali kontaktsiz toʼlovning standart protokollari boʼyicha qabul kilinishi mumkin.
“Engillashtirilgan dasturiy taʼminot” arxitekturasi. Biznes logika parametrlarini ARIASOFT.HOST orqali markazlashgan
holda oʼzgartirish va smartfon uchun ilovalarni uni qayta oʼchirib yondirmasdan masofadan turib yangilash imkoniyatini
beradi. Savdo-xizmat koʼrsatish korxonasi tomonida tranzaktsiyalar bajarilishi stsenariysi ustidan toʼliq nazoratni taʼminlaydi.
Ilova PA-DSS sertifikatiga ega boʼlib, bu toʼlovlarni xavfsiz amalga oshirilishini kafolatlaydi.
Ushbu havola orqali tanishish mumkin: https://nedeks.uz/katalog/softpos/


Marta.jpg

MARTA SoftPos

  •           Toʼlovlarni Android smartfonida qabul qilish
  •           NFC yordamida toʼlovlar
  •           Sizning toʼlov kartangiz boʼyicha tranzaktsiyalar oqimi ustidan toʼliq nazorat
  •           Elektron cheklarni yuborish

Oʼz smartfoningizni kontaktsiz toʼlovlarni qabul qilish uchun terminalga aylantiring. “HUMO” milliy toʼlov tizimi
va boshqa xalqaro toʼlov tizimlarining kartalari NFC orqali kontaktsiz toʼlovning standart protokollari boʼyicha
qabul kilinishi mumkin. Ushbu yechim toʼlov terminalining barcha asosiy vazifalarini, xatto undan xam koʼprogʼini
bajara oladi. Qulay interfeys esa ishlashni maksimal tez va yengil qiladi. MARTA Softpos oson integratsiya boʼladi
va bor yoʼgʼi bir necha qadamda ulanadi.
Ushbu havola orqali tanishish mumkin:
https://marta.uz/t2p/index.html




SmartOne.jpg


SmartOne P1000 / P2000L / BANK PRO (Android)


SmartOne Bank mobil kassasi kichik va oʼrta biznesda, shuningdek, xar qanday xizmat koʼrsatish soxalarida
toʼlovlarni qabul qilish vositasi sifatida foydalanishga moʼljallangan. Mobil kassa oʼlchamlari ixchamligi va kaftda
qulay joylashishi uni kurьerlik xizmatlarida va logistik kompaniyalarda samarali ishlatilishiga yordam beradi.
Kassa toʼlovlarni qabul qilish va assortiment bilan ishlash uchun zarur boʼladigan barcha dasturiy taʼminot bilan
jixozlangan. Qurilma s5” displeyli Android bazasida, 7,6v 4000/3000/2500 mAh kuchli akkumulyatori bilan,
oʼrnatilgan 1D/2D shtrix kod skanerli va toʼlovlarni NFC, EMV Chip&PIN, magnit va kontaktsiz bank kartalari
yordamida toʼlovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega.
Texnik xizmat koʼrsatish markazi (TXM): “Smart One Club” MCHJ (https://smartone.uz/)

Tactilion P2000L.jpg

Tactilion P2000L (Android)


Tactilion P2000L – ishonchli Android terminal boʼlib, “Engillashtirilgan dasturiy taʼminot” noyob texnologiyasi boʼyicha ishlaydi.
Bu simsiz terminal xar qanday biznesda ideal yordamchidir, batareyasining yuqori hajmli ekanligi tufayli undan doʼkonda xam,
yetkazib berish sohasida xam foydalanish mumkin. Bu terminal toʼlov xavfsizligining eng qatʼiy standartlariga javob beradi,
xavfsizlikning eng soʼnggi PCI PTS 5.x talablari boʼyicha muvofiqlik sertifikatiga ega. Bu terminal NFC, EMV Chip&PIN,
magnit va kontaktsiz bank kartalari yordamida toʼlovlarni amalga oshirish imkoniyatini beradi. “Engillashtirilgan dasturiy taʼminot”
texnologiyasi terminal ishini koʼp qirrali takomillashtirish va terminal dasturiy taʼminotini bir laxzada yangilash imkoniyatini beradi.
Texnik xizmat koʼrsatish markazi (TXM): “Nadeks-Service” MCHJ
(https://nadeks.uz/katalog/kassa/)



My.gov.uz
Hozir saytda:
ro'yxatdan o'tganlar - ...
mehmonlar - ...
Oxirgi yangilanish: 4 May 2024, 18:15 (GMT+5)

Matnda xatolikni ko'rdingizmi? Sichqoncha bilan belgilang va bosing CTRL + ENTER
Sayt yaratuvchisi
Sayt 1C-Bitriksda ishlaydi®
pixelcraft.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech