Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A

Bankomatlar bo'yicha rasmiy xabar

Bankomatlar bo'yicha rasmiy xabar
7 Nov 2023 19:14
Bankomatlar bo'yicha rasmiy xabar


HUMO to'lov tizimi banklar bilan birgalikda bankomatlar orqali naqd pul yechish amaliyotlarini doimiy monitoring qilib boradi. Monitoring natijasida ayrim bankomatlarda naqd pul bermaslik holatlari kuzatilgani sabab, ushbu holatni bartaraf etish uchun bankomatlar rejali profilaktika maqsadida vaqtinchalik o'chirib turilishi mumkin.


Ta'kidlash kerakki, profilaktika sabab o'chirilishi rejalashtirilgan bankomatlar respublika bo'yicha o'rnatilgan HUMO bankomatlari jami sonining 30 foizidan oshmasligi to'g'risida tijorat banklariga ma'lumot berilgan.


Bugun ijtimoiy tarmoqlar va ayrim ommaviy axborot vositalarida tarqalgan "HUMO bankomatlari naqd pul bermayapti" mazmunidagi xabarlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Aksincha, joriy yil HUMO va UZCARD to'lov tizimi bankomatlarining integratsiyalashuvi natijasida, aholi foydalanishi mumkin bo'lgan bankomatlar soni 2 barobarga oshgan.


Eslatib o'tamiz, ishchi holatdagi (yoqilgan) bankomatlar orqali kartalardan naqd pul yechish amaliyotlari odatiy tarzda amalga oshirilmoqda.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 8312
Hozir saytda:
ro'yxatdan o'tganlar - ...
mehmonlar - ...
Oxirgi yangilanish: 17 May 2024, 12:22 (GMT+5)

Matnda xatolikni ko'rdingizmi? Sichqoncha bilan belgilang va bosing CTRL + ENTER
Sayt yaratuvchisi
Sayt 1C-Bitriksda ishlaydi®
www.pixelcraft.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech